Xizmat shartlari
Qisqa va tushunarli
1. Buyurtma
Telegram (@Virtual_taklifnoma) yoki Instagram Direct orqali yozasiz: taklifnoma turi, kelin va kuyov ismlari, to‘y sanasi va vaqti, to‘yxona nomi, manzili va xarita havolasi, til, ko‘ylak va musiqa.
2. Muddat
Ma’lumotlar to‘liq kelgach, taklifnoma 1 kun ichida tayyor bo‘ladi.
3. To‘lov
- Avval tayyor taklifnomangizni ko‘rasiz, keyin to‘laysiz.
- Narxi — 150 000 so‘m, to‘lov karta orqali.
- To‘lovdan so‘ng chekni yuborasiz — havolani mehmonlarga yuborishingiz mumkin.
4. Narxga nimalar kiradi
15 turdan biri, ismlar, sana, sanagich, to‘yxona va xarita, kalendarga qo‘shish tugmasi, til (o‘zbek, rus yoki ingliz), ko‘ylak va rang, musiqa yoki o‘z qo‘shig‘ingiz, har bir dugonaga o‘z ismi bilan havola.
5. Qo‘shimcha o‘zgartirishlar
Ro‘yxatda yo‘q o‘zgartirishlar (boshqa matn, rasm, maxsus bezak) qo‘shimcha to‘lov evaziga qilinadi — narxi va muddatini alohida kelishamiz.
6. Ma’lumotlar to‘g‘riligi
Taklifnomani mehmonlarga yuborishdan oldin ismlar, sana, vaqt va manzilni tekshirib chiqing. Xato bo‘lsa — yozing, tuzatamiz.