Qanday buyurtma beriladi?
- 1Turini tanlangYuqoridagi namunalarni ochib, o‘zingiz bosib ko‘ring
- 2Ma’lumotlarni yuboringIsmlar, sana, to‘yxona va xarita havolasi — Telegram yoki Instagram Directda
- 3Avval ko‘rasiz — keyin to‘laysiz1 kunda tayyor taklifnomangizni ko‘rib chiqasiz, kerak bo‘lsa tuzatamiz, shundan keyin to‘lov
- 4Mehmonlarga yuboringHavolani Telegram, Instagram yoki WhatsApp orqali yuborasiz
To‘lovdan keyin nima bo‘ladi?
Sizga «Kelin sahifasi» keladi — dugonalarga taklifnoma yuboradigan shaxsiy sahifangiz.
- 1«Kelin sahifasi» havolasiTo‘lovdan so‘ng Telegram orqali yuboramiz. Bu sahifani faqat siz ko‘rasiz.
- 2Ism va bir og‘iz so‘zDugonangiz ismini va unga qisqa maktub yozasiz — «Yuborish» bilan Telegram, Instagram yoki WhatsApp orqali ketadi.
- 3Dugona story’ga qo‘yadiAvval maktubingizni o‘qiydi, keyin taklifnoma uni ismi bilan kutib oladi. «📸 Story uchun» — bir bosishda tayyor rasm.
- 4Kim ochganini ko‘rasizRo‘yxatda «✓ ochdi» belgisi chiqadi. Ochmaganlarga qayta yuborasiz.
👭 Mehmon ko‘p bo‘lsa — ro‘yxatni bir yo‘la qo‘shasiz yoki oila chatiga bitta havola tashlaysiz. Hammasi bepul.
Taklifnomada nimalar bor?
💰 150 000 so‘m — hammasi ichida. Har bir mehmonga shaxsiy havola — bepul.
- 🎬14 xil jonli tur3D sahnalar va o‘yinlar
- 👭Shaxsiy havolaHar bir dugonaga o‘z ismi bilan
- ⏳SanagichTo‘ygacha qolgan kun, soat, daqiqa
- 📍To‘yxona va xaritaYandex yoki Google xaritada
- 📅Kalendarga qo‘shishMehmon to‘y kunini unutmaydi
- 🎵MusiqaRo‘yxatimizdan yoki o‘z qo‘shig‘ingiz
- 🌐3 tildaO‘zbek, rus yoki ingliz
- 📱Har qanday telefondaIlova o‘rnatish shart emas
- ✅1 kunda tayyorAvval ko‘rasiz — keyin to‘laysiz
Musiqalar
Tinglab ko‘ring va yoqqanining raqamini yozing 🎵 O‘zingiz yoqtirgan qo‘shiqni mp3 qilib yuborsangiz ham bo‘ladi.
🔇 Musiqasiz ham bo‘ladi
Elektron taklifnoma nima?
Elektron to‘y taklifnomasi — mehmonlaringizga Telegram, Instagram yoki WhatsApp orqali yuboriladigan havola. Mehmon uni telefonda ochadi: kelin va kuyov ismlari, to‘y sanasi va vaqti, to‘yga qolgan vaqt, to‘yxona manzili va xarita — hammasi bir joyda. Qog‘oz taklifnomani chop etish va tarqatish shart emas, har bir dugonangizga esa uning ismi bilan alohida havola yuborasiz.
Электронное приглашение на свадьбу — это ссылка, которую вы отправляете гостям в Telegram, Instagram или WhatsApp. Гость открывает её на телефоне: имена жениха и невесты, дата и время, обратный отсчёт, тойхона и карта. Мы делаем анимированные онлайн-приглашения на узбекском, русском и английском языках за 1 день — для свадеб по всему Узбекистану, в том числе в Ташкенте.
Ko‘p beriladigan savollar
Narxi qancha?
150 000 so‘m. Bunga 14 turdan biri, har bir dugonaga shaxsiy havola, sanagich, to‘yxona va xarita, musiqa (yoki o‘z qo‘shig‘ingiz) va 3 til kiradi. Ro‘yxatda yo‘q o‘zgartirishlar (boshqa matn, rasm, maxsus bezak) — qo‘shimcha to‘lov evaziga.
To‘lovni qachon qilaman?
Avval tayyor taklifnomangizni ko‘rasiz. Biror narsani o‘zgartirish kerak bo‘lsa, tuzatamiz. Shundan keyin to‘laysiz va havolani mehmonlarga yuborasiz.
Qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
Ma’lumotlarni yuborganingizdan so‘ng 1 kun ichida.
Mehmonlarga qanday yuboraman?
Taklifnoma — oddiy havola. Uni Telegram, Instagram yoki WhatsApp orqali yuborasiz, mehmon telefonida ochadi. Hech narsa o‘rnatish shart emas.
Bu APK fayl emasmi? Xavfsizmi?
Yo‘q, bu fayl emas — oddiy sayt havolasi (virtual-taklifnoma.com). U telefon brauzerida ochiladi: hech narsa yuklab olinmaydi va o‘rnatilmaydi, SMS kod, karta yoki Telegram parolini so‘ramaydi. Telegramda havola taklifnoma rasmi va kelin-kuyov ismlari bilan keladi. «.apk» bilan tugaydigan fayl kelsa — ochmang, bu firibgarlik.
Har bir dugonamga ismi bilan yuborsa bo‘ladimi?
Ha, bepul. Maxsus sahifada dugonangiz ismini yozasiz — taklifnoma uni ismi bilan kutib oladi.
O‘zim yoqtirgan qo‘shiqni qo‘ysa bo‘ladimi?
Ha, qo‘shiqni mp3 fayl qilib yuboring. Yoki yuqoridagi «Musiqalar» ro‘yxatidan romantik kuy tanlang, yoki musiqasiz bo‘ladi.
Qaysi tillarda bo‘ladi?
O‘zbek, rus yoki ingliz tilida — o‘zingiz tanlaysiz. Har bir namunaning ostidagi UZ / RU / EN tugmalari bilan ko‘rib chiqing.
To‘yxona joylashuvi ko‘rsatiladimi?
Ha. To‘yxona nomi, manzili va Yandex yoki Google xaritaga o‘tish tugmasi bo‘ladi.